Enco Fernandes: "Mening orzum - Chempionlar Ligasida g'olib chiqish"

Alisher Ostonov
8 mar 2026
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

U turnirda g'alaba qozonmoqchi ekanligini aytdi.

"Mening orzum - Chempionlar Ligasida g'olib chiqish. Bu klub uchun nimani anglatishini bilamiz. Biz qaysi jamoa bilan o'ynashimizni bilamiz, ammo o'z kuchimizga ishonamiz”, - dedi Fernandes.

PSJ va "Chelsi" o'rtasidagi dastlabki o'yin 11 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com