Emre Jan: Men biror klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q, xayolim futbol bilan band

8 mar 2018, 01:10
Mersisayd klubi yarim himoyachisi kelajagi borasida fikr bildirdi.

“Albatta, futboldagi kelajagim haqida o'ylashga majburman. Ammo men biror klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q. Bor diqqat-e'tiborim amaldagi mavsumga qaratilgan. Biz APLda mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlashni istaymiz. Jamoamiz allaqachon YCHLning chorak finalida va biz yanada olg'a intilishni istaymiz. Bor e'tiborim shunga qaratilgan. Agentim barcha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi. Men faqat futbol haqida o'ylayman”, - deydi Jan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports