

Xo'sh, samolyotda yo'qolgan hujumchi Emiliano Sala aslida kim edi? Tvitterlarni titkilab, ko'plab ma'lumotlarni topdik va ularni bir xabarga joyladik.
Avval boshidan boshlaymiz. Bundan ikki kun oldin argentinalik futbolchi Kardiffga bordi va u yerda fotosessiyalar uyushtirdi. Shuningdek, Salaning rekord 20 million evro evaziga "Kardiff"ga o'tgani ma'lum qilindi.

U ertasi kuni sobiq jamoadoshlari bilan hayrlashish uchun Nantga qaytdi. U xayrlashgani borasida instagramga post ham qo'ydi.

Kiyimlarini, umuman olganda, o'ziga kerakli barcha buyumlarni olib, u ushbu samolyotga o'tirdi.

Policiya bayonotiga ko'ra, "Kardiff" klubiga tegishli bo'lgan bu samolyot bu yil texnik ko'rikdan o'tmagan ekan. U Fransiyaga ham aynan ushbu samolyotda uchib borgan.
Dispetcherlar ushbu ish uchun policiyaga ko'rsatma berishdi. Ularning aytishicha, samolyot uchuvchisi barqaror aloqada bo'lib turgan va birdaniga uzilish ro'y bergan. Samolyot taxminan shu joyda radardan g'oyib bo'lgan.

Bu holat bugun tunda, bizning vaqt bilan tungi 12:30lar atrofida sodir bo'lgan. Ayni damda Fransiya va Italiya policiyasi yo'qolgan samolyotni qidirishmoqda. Hozircha ular ham bu borada rasmiy bayonot berishdan qochishmoqda.
Hozircha futbolchining o'lgan yoki tirikligi borasida rasmiy ma'lumot berilmagan. Shu boisdan voqealar rivojini kutamiz. Aytgancha, Vikipediya ochiq enciklopediya bo'lib, undagi matnlarni istalgan inson o'zgartira olishi mumkin.



