Emeri sobiq klubiga qaytishi mumkin

Alisher
13 may 2020, 11:00
"Valensiya" bosh murabbiylik uchun Unai Emeri nomzodini o'rganmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Valensiya" hozirgi bosh murabbiyi Alberto Seladesni ishdan bo'shatib, uning o'rniga Unai Emerini ortga qaytarishi mumkin.

Jamoa ayni damda Ispaniya chempionatida 7-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Emeri 2008-2012 yillar davomida ham "Valensiya"da ishlagan. Ispaniyalik mutaxassisning so'nggi klubi "Arsenal" bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca