Emeri: "Hozir futbolchi xarid qila olmaymiz"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 17:33
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri klubning transfer bozoridagi ishi haqida gapirib berdi.

"Rahbariyatning aytishicha, hozircha futbolchi sotib ololmas ekanmiz. Yozda hammasi o'zgarishi kerak, o'sha paytga kelib pul sarflay olamiz.

Yangi futbolchilar sotib olishni so'rash - eng oson yo'l, ammo menga tarkibda bor futbolchilar bilan ishlash yoqadi. Vazifam - futbolchilarning o'yinini kuchaytirish.

Tarkibdan ko'nglim to'q. Angliya chempionati va Yevropa ligasida yuqori o'rinlar uchun kurasha olamiz. Kuchli to'rtlikka kirishni maqsad qilganmiz" - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com