Emeri: "Biz yarim finaldamiz va finalga chiqishni xohlaymiz"

Оқил Абдубарноев
2 may 2022, 20:02
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasi nimchorakfinalidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi javob o'yinidan nimani kutayotganini aytdi.

Ispanlar "Enfild"da bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

“Ertaga biz mukammal o'yin ko'rsatishimiz kerak. Muxlislarga bunday vazifani amalga oshirishimizda yordam berishlarini va uyindan zavqlanishlarini istaymiz. Qo'llab-quvvatlash har doim muhim rol o'ynaydi. Biz shu bosqichdamiz va finalda o'ynashni xohlaymiz”, - dedi Emeri matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" bundan oldin faqat 2005/06 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining yarim finalida o'ynagan. O'shanda "sariq suv osti kemasi" Angliyaning boshqa jamoasi - "Arsenal" to'sig'idan o'ta olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca