

"To'pchilar"ning yangi sardori buyog'iga shveytsariyalik Granit Jaka bo'ladi.
Ispaniyalik mutaxassis bugun ertalabki mashg'ulotlar oldidan "Arsenal" yetakchilari bilan bo'lgan suhbatda qarorini e'lon qildi.
Jamoaning vice-sardorlari Aleksandr Lyakazett va Per-Emerik Obameyanglar bo'ladi.
Londonliklarning bundan oldingi sardori Loran Koselni shu yili Fransiyaning "Bordo" klubiga o'tib ketgan edi.




