Elizaveta II ning dafn marosimi munosabati bilan APLning 8-tur o'yinlari ham qoldirilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 19:03
Elizaveta II ning vafoti munosabati bilan Premer-liganing nafaqat 7-turi, balki 8-tur o'yinlari ham boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, kelasi dam olish kunlari bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yinlar ham o'yinlar xavfsizligini taminlay olmaslik xavotiri tufayli o'zgartirilishi mumkin. Elizaveta II ning dafn marosimini tashkil qilish uchun policiyaning katta kuchlari jalb etiladi.

Natijada kelasi dam olish kunlari Londonda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yinlar boshqa vaqtga ko'chirilishi ehtimoli yuzaga keladi. Shuningdek, APLning 8-turidan o'rin olgan barcha o'yinlar qoldirilishi ham mumkin.

Elizaveta II ning dafn marosimi 19 sentyabr, dushanba kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda. Shu sababli Londonga juda ko'p odamlar, jumladan, davlat rahbarlari va siyosatchilar kelishi mumkin.

Avvalroq APL Buyuk Britaniya qirolichasi vafot etgani sababli 7-turning barcha o'yinlari qoldirilgani haqida xabar bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph