Elit OCHL. "Al Ahli"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 19 ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2025, 12:20
Kecha Elit OCHL 1-turida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi o'z maydonida O'zbekistonning "Nasaf" klubini 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Shunday qilib, "Al Ahli"ning xalqaro maydondagi mag'lubiyatsiz seriyasi 19 ta o'yinga etdi.

Bu klub o'tgan mavsum Elit OCHL doirasida jami 13 ta o'yin o'tkazib, 12 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. "Al Ahli" yakunda musobaqa g'olibiga aylangandi.

2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining oxirgi 5 ta turida "Ahli" 2 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etgan. Kechagi bahsni ham qo'shsak, "Al Ahli" ketma-ket 19 ta uchrashuvda hech kimga yutqazmadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia