Eldorning agenti: "Shomurodov boshqa jamoaga o'tish arafasida"

Administrator
29 iyul 2022, 00:05
Hamyurtimiz "Roma"ni tark etishga yaqin.

Eldor Shomurodovning agenti, ProSports Management vakili Qahhor Mo'minov Championat.asia nashriga o'z mijozining boshqa klubga o'tishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Eldor boshqa klubga o'tish arafasida ekanligi tufayli "Tottenxem" bilan o'yinga bormadi. Ushbu jarayon transfer yoki ijara ko'rinishida bo'ladimi? Bu savolni "Roma" klubiga bergan maqulroq", -deydi Qahhor Mo'minov.

Avvalroq, Italiya matbuoti Shomurodovning "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kirmayotgani xaqida xabar qilgandi. Bugun esa Eldor Shomurodovning "Roma" bilan Isroil safariga bormasligi oydinlashdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia