Eldor Shomurodov: "JCH orzusi nafaqat menda, balki termadagi har bir futbolchida bor"

Sherzod Nurmatov
28 may 2025, 19:11
O'zbekiston MTJ bugundan navbatdagi yig'inini boshladi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori, hujumchi Eldor Shomurodov BAAga qarshi bo'lajak uchrashuv oldidan fikr bildirdi. 

"Hammada kayfiyat a'lo darajada. Bosim yo'q. Bugun yig'ildik. Xudo xohlasa, Dubayga ketamiz va tayyorgarlikni o'sha yerda davom ettiramiz.

Hech qanday xavotir yo'q. Biz nima qilishimiz kerakligi va bizni qanday o'yin kutib turganini bilamiz. Bunday o'yindan oldin ortiqcha motivaciya ham shart emas deb o'ylayman. Hamma futbolchilar tayyor va bizga qandaydir omillar xalaqit qiladi deb o'ylamayman. 

O'zimni yaxshi his etyapman. Bahsga 100 foiz tayyorman, Xudo xohlasa. Tayyorgarlik uchun hali yana 1 hafta vaqtimiz bor. Albatta, oson bo'lmaydi. Birinchi navbatda, issiq havoga moslashimiz kerak. JCH orzusi nafaqat menda, balki termadagi har bir futbolchida bor. Butun O'zbekiston bizdan nimani kutayotganini tushunib turibmiz. Bu safar xato qilishga haqqimiz yo'q degan fikrdaman", – dedi Shomurodov.

Eslatib o'tamiz, JCH saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston bellashuvi 5 iyun kuni 21:00 da boshlanadi.  

26 may kuni Timur Kapadze terma jamoa yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia