Eldor Moyliev: "Futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo'yiladi"

Mirjalol Normatov
11 sen 2025, 21:45
Superliga 21-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuv boshida vaziyatlar yaratib afsuski, bundan foydalana olmadik. Yo'l qo'ygan ikkita xatomiz tufayli qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordik. Keyin yana harakat qildik, baribir foydasi bo'ldi.


- O'yin tempi past emasdi. Shunday o'yinda VAR ishlamaganiga etirozingiz bormi?

- Bilishimcha, bu o'yinda VAR bo'lishi kerak edi. Ammo ishlamaganidan xabarim yo'q.


- Qo'shib berilgan daqiqalarda jamoangiz yaxshi harakat qildi. Lekin nega bahs boshidan "Sho'rtan" shunday o'yin ko'rsatmayapti?

- O'tkazib yuborilgan gollar yigitlarga qattiq ta’sir qilyapti. Shu bois harakatimizda sekinlik paydo bo'lib qoldi. Bugun ham uchrashuvni yaxshi boshladik, vaziyatlar yaratdik, ammo gol o'tkazib yuborgach ruhan tushkunlikka tushib qoldik.


- Bugun qaysi jamoaga yuqori baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Bugun "Mashal" bizning xatolardan unumli foydalanib g'alaba qozondi. Shunday ekan, futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo'yiladi, nazarimda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia