

U Leonid Sluckiy boshchiligidagi "Rubin"ga o'tmoqda. Bir necha soat oldin Umarali Rahmonalievning saytimizga bergan intervyusini mutolaa qilgan edingiz. Endilikda mutaxassis fikri sifatida "Bunyodkor" o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi Abduhamid Qodirovga yuzlandik.
- "Rubin" jamoasi murabbiylari Umaralidagi yaxshi jihatlarni ko'ra olganki, uni jamoaga taklif qilishgan. U raqobatdan qo'rqadigan futbolchi emas. Umarali bilan U-21 jamoasiga birga ishlaganman. Yaxshi bilaman. Mag'lubiyatga uchrashni yomon ko'radi. Yutqazgan o'yinlarimizda hattoki yig'lardi. Qaysidir manoda murabbiylar orzusidagi futbolchi.

- Maydon tashqarisida haqiqiy kamtar o'zbek yigiti. Maydonda esa jangchi. Katta hajmdagi ishni bajaradi. Ayniqsa raqibdan to'pni olib qo'yib hujumni boshlash qobiliyati evaziga "Rubin"da o'rniga ega bo'lishi mumkin. Yetakchilik hislatini ham yuqori baholagan bo'lardim. O'zini ko'rsatish imkoniyati yuqori, deya olaman.



