Edvin van der Sar: "Kelajakda MYUda ishlashni istayman"

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 12:59
"Manchester Yunayted" va "Ayaks"ning sobiq futbolchisi, ayni damda amstyerdamliklarning bosh direktori Edvin van der Sar kelajakda mankunianliklar klubida ishlash niyatida.

"Men, oilam, rafiqam, bolalarimning ikki sevgisi bor - "Ayaks" va "Manchester Yunayted".

"Ayaks" menga o'sish, rivojlanish imkoniyatini berdi, ular mening qobiliyatimni ochib, futbolning yangi olamini ochishda yordamlashishdi. MYU ham men haqimda anchagina qayg'urdi. Albatta, u yerda ishlashni istayman.

Biroq hali bu yerda o'rganadigan narsalarim ko'p, o'rganishim kerak va o'shanda barchasi ko'rinadi.

"Yunayted" - butun dunyoda ajoyib muxlislarga ega bo'lgan fantastik klub. Barcha futbolchilar u yerda o'ynashni va keyinchalik ishlashni istashadi", - dedi van der Sar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal