Edgar Gess: "Agar mening ketishim jamoaga yordam bersa iste'foga chiqishga tayyorman"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2015, 19:59
“Andijon” – “Qo'qon-1912” (1:2) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Edgar Gess ishtirok etdi.
- Men xavotirlangan narsa sodir bo'ldi. O'yindan oldin futbolchilarga “Qo'qon-1912” jamoasi qarshi hujumda o'ynashini ularga aytgandim. Ayniqsa, bir ikki nafar o'yinchidan ehtiyot bo'lishlikni alohida o'qtirgandim. Lekin baribir mehmonlar birinchi bo'limda ikkita to'p kiritishga erishishdi. Aynan shu narsa shogirdlarimga qattiq ta’sir o'tkazdi.

- Bugungi mag'lubiyatga kimni aybdor deb bilasiz?


- Bugungi omadsizlikda yuz foiz mening aybim bor. Mag'lubiyatda har doim murabbiylar aybdor bo'lishadi.

-  Endi istefoga chiqishga tayyormisiz?

- Har doim tayyorman. Agar mening ketishim jamoaga yordam bersa iste'foga chiqishga tayyorman.

- Jamoadagi muammolar nimada?

- Muammolar ko'p. Masalan, Anvar Berdiev mashg'ulotlarimizda ishtirok etayotgan bo'lsa-da, endi maydonga tushdi. Legionerimiz Predrag Vuyovichga tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan. Shu kabi muammolar etarlicha.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz