Eden Azar uchun London klubi da'vogarlik qilmoqda, bu "Chelsi" emas

Alisher
25 sen 2021, 18:22
"Real" safida o'yini qovushmayotgan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar APLga qaytishi mumkin.

30 yoshli xavbekning xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" xo'jayinlari ham ijara, ham to'laqonli transfer variantini ko'rishmoqda.

Edenning transfer narxi 40 million evroni tashkil etmoqda. Uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi La Liga joriy mavsum doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes.com