Eden Azar Rossiyaga qarshi Evro o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi

Alisher
11 iyun 2021, 11:40
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar Yevropa chempionati doirasidagi Rossiyaga qarshi ilk o'yinni zaxirada boshlaydi.

Oldinroq, 30 yoshli Azar o'yinga yuz foiz tayyor emasligini aytgan edi.

Azar o'tgan mavsum "Real" libosida barcha musobaqalarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Belgiyaliklar Rossiya terma jamoasiga qarshi o'yinni ertaga, aniqrog'i 12 iyunda o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/squirante