Eden Azar "Real"dan ketmoqchi

Alisher
17 yanv 2022
Yarim himoyachi Eden Azar "Real"dan ketmoqchi.

Jurnalist Sasha Tavolerining ma'lumotiga ko'ra, futbolchining qaroriga yaqinda sodir bo'lgan voqea sabab bo'lgan. Tibbiy shtab Azarda yangi jarrohlik amaliyoti o'tkazishni maslahat berdi, ammo "Real" prezidenti Florentino Peres uni qilmaslik ham mumkinligini ta'kidladi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Real" Azarni "Chelsi" himoyachisi Ris Jeymsga almashmoqchi.

31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Madrid klubi tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sachatavolieri