

"Men APL va Fransiya chempionatida g'olib bo'ldim, katta futbolchilar esa Chempionlar ligasida ham zafar quchishni istashadi. "Chelsi" bu turnirda g'alaba qozonishga tayyor. Bizda yaxshi jamoa va kuchli murabbiy bor.
Bu mavsum hammasi boshqacha bo'ladi - seshanba va chorshanba kunlari maydonga tushishga to'g'ri keladi, ammo bizda yaxshi futbolchilar ko'p. Biz professionallarmiz, bunday vaziyatlarga duch kelganmiz. Bundan tashqari, murabbiyimizda tajriba katta.
Biz shunchaki o'ynashni istaymiz. Agar kimdir charchab qolsa, uning o'rnini boshqasi egallaydi, muammo bo'lmaydi" - deydi Azar.




