Eden Azar: Birinchi o'rin yaxshi joy. Mavsum oxirigacha shu yerda qolmoqchimiz

Narzulla Saydullayev
6 noya 2016, 10:41
Chelsi yarim himoyachisi Eden Azar APL 11-turidan o'rin olgan Evertonga qarshi o'yindan (5:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Bu ajoyib g'alaba. Biz beshta chiroyli gollar urdik. O'z o'yinimdan zavq olayapman. Ajoyib o'ynab, ko'p vaziyat yaratib gollar urayapmiz.

Musobaqa jadvalining birinchi pog'onasi – yaxshi joy. Mavsum oxirigacha shu yerda qolmoqchimiz, – deydi Azar.

Chelsi 11ta turdan so'ng 25 ochko to'plab Manchester Sitidan oshib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com