Edegor - so'nggi 28 yil ichida "Arsenal" tarkibida maydonga tushgan birinchi norvegiyalik

31 yanv 2021, 01:18
"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor 27 yanvar kuni ijara shartnomasi asosida "Arsenal" tarkibiga borib qo'shilgan edi.

London klubi bugun "Man Yunayted" bilan durangga imzo chekdi (0:0). 22 yoshli futbolchi mazkur bahsning 83-daqiqasida Emil Smit-Rouni almashtirdi va "Arsenal" safida debyut qildi.

Shu tariqa Edegor 1993 yining may oyida beri "to'pchilar" tarkibida maydonga tushgan birinchi norvegiyalik futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar