Edegor "Real"ga qaytadimi?

Alisher
24 apr 2020, 10:47
"Sosedad"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Martin Edegor muddatidan oldin klubga qaytishi mumkin.

21 yoshli norvegiyalik futbolchining ijara shartnomasi 2021 yilning iyunida yakuniga etadi. Ammo, xavbek Luka Modrich "Real"dan ketadigan bo'lsa, Edegor shu yozdayoq klubga qaytishi mumkin bo'ladi.

34 yoshli xorvatiyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Xabar berilishicha, Modrichga Devid Bekxem egalik qiladigan "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca