

Mashg'ulot vaqtida to'p futbolchining yuziga tekkan. Zarba ancha kuchli bo'lgan va Edegor o'zini yomon his qilgan. Tibbiy tekshiruvlardan keyin esa Edegorda miya chayqalishi aniqlangan.
Qoidalarga ko'ra, bunday vaziyatda o'yinchilar 6 kun davomida dam olishlari zarur. Agar hech qanday simptomlar kuzatilmasa, sportchi mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Takidlanishicha, Edegor "Arsenal" tarkibiga xalqaro pauzadan keyin qaytadi.



