Eddi Xau: "Qiyin davrdan o'tyapmiz"

Mirjalol Normatov
27 dek 2023
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau APLda "Nottingem Forest"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Qiyin davrdan o'tyapmiz. Natijalarga erishishimiz yo'lida jarohatlar to'sqinlik qilyapti. Muxlislar tomonidan bo'layotgan barcha noroziliklarni tushunaman. Har qanday holatda ham tribunalardagi holat yaxshi bo'lishi kerak", - dedi murabbiy Fabricio Romanoga.

"Nyukasl" APLdagi so'nggi 5 o'yinning to'rttasida mag'lub bo'ldi. Ayni damda jamoa liga jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. "Qarg'alar" YCHLdan ham chiqib ketdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 1 yanvar kuni "Liverpul" maydonida bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano