"Nyukasl" Xauni haydamoqchi emas: Rahbariyat murabbiyni qo'llab-quvvatlamoqda

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026, 13:00
"Nyukasl" klubi rahbariyati jamoaning omadsiz natijalariga qaramay, bosh murabbiy Eddi Xau bilan xayrlashish niyatida emas.

"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, "zag'izg'onlar" mutasaddilari ingliz mutaxassisiga ishonishda davom etmoqda. Jamoa APLda 31-turdan so'ng 12-o'rinda borayotgani va evrokuboklar yo'llanmasidan umidini uzgani hamda "Sanderlend"ga qarshi Tayn-Uir derbisidagi ikkala mag'lubiyat (0:1 va 1:2) ham rahbariyatning fikrini o'zgartira olmagan.

Eslatib o'tamiz, Eddi Xau 2021 yildan buyon "Nyukasl"ni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph