

Avvalroq, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham ¼ final bosqichini ijobiy hal etgandi.
Bunday holat 10 yil avvalgi musobaqada ham bo'lgan va o'shanda “Liverpul”, “Chelsi”, MYU va “Arsenal” chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Qayd etish joizki, YCHLning joriy mavsumida kuchli beshlik chempionatlari orasida yuqori koefficientlarga ega bo'lgan Fransiya hamda Germaniya jamoalari muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashdi.



