

"Biz va muxlislarimiz uchun juda alamli kecha. Futbolchilar bor kuchini ishga solishdi va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilishdi. Ha, biz bu duelda yutqazdik, ammo Myunxenda emas. Shunday bo'lishiga qaramasdan ketma-ket ikki mavsumdan buyon 1/4 finalda chiqib ketyapmiz.
Endi bundan to'g'ri xulosalarni chiqarib, kelasi mavsumga tayyorlanish kerak. Bor e'tiborimizni chempionatga qaratamiz. "Vilyarreal"ni tabriklayman", - dedi Kan.



