YCHLda xet-trik qayd etgan futbolchini "Manchester Yunayted" va "Barselona" kuzatmoqda

Alisher
19 sen 2019, 17:05
"RB Zalcburg" forvardi Erling Xolandga bir qator Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" va "Barselona" 19 yoshli futbolchini faol tarzda kuzatmoqda.

"Qizil iblislar" vakillari esa YCHLning 1-turi doirasidagi "Genk"ga qarshi o'yinda o'z skautlarini ham jo'natgan va yakunda futbolchi xet-trik qayd etgan edi.

Transfermarkt futbolchini 12 million evroga baholamoqda.

Xoland joriy mavsum Avstriya chempionatida 7ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo