YCHLda o'tgan mavsumda o'z poziciyalariga ko'ra, eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
9 avg 2018, 20:30
UEFA matbuot xizmati o'tgan 2017/18 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, o'z poziciyalari bo'yicha eng yaxshisi bo'lish uchun nomzodlar nomini ma'lum qildi.

Demak, da'vogarlar ro'yxati shunday ko'rinish olgan:

Darvozabonlar: Alisson ("Roma", ayni damda "Liverpul"), Janluiji Buffon ("Yuventus", ayni damda PSJ), Keylor Navas ("Real");

Himoyachilar: Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan (barchasi - "Real"dan);

Yarim himoyachilar: Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Toni Kroos, Luka Modrich (ikkisi ham - "Real");

Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real", ayni damda "Yuventus"), Muhammad Saloh ("Liverpul").

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com