YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
13 fev 2025
Seru Girassi YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi "Sporting"ga (3:0) qarshi o'yinda gol urdi va assist qayd etdi. Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba goliga assist bo'lgan Vinisius Junior qayd etildi.

Qolgan o'rinlarni "Monako" (1:0) bilan uchrashuvda g'alaba golini urgan Evangelos Pavlidis va "Milan"ga (1:0) qarshi bahsda yagona gol muallifi bo'lgan Igor Payshao egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ChampionsLeague