

RMC Sport xabariga ko'ra, UEFA rahbariyati chorshanba kuni videokonferenciya o'tkazib, "Yuventus" - "Lion" (nimchorak finalning javob o'yini, Fransiyadagi bahsda "Lion" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi) uchrashuvini 8 avgust kuni o'tkaziysh masalasini ko'rib chiqqan. Tashkilot Yevropa klublariga o'z rejasini ma'lum qilib, milliy chempionatlar iyulning oxiriga qadar yakunlanishini eslatgan.

Shuningdek, musobaqaning 1/8 finali doirasida "Barselona" va "Napoli", "Bavariya" va "Chelsi", "Manchester Siti" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi javob o'yinlari ham o'tkazilishi kerak.



