YCHL. Yarim finalda "Siti" - "Real" to'qnashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016
Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga qur'a tashlandi.
Dastlabki yarim final o'yinlari 26 va 27 aprel kunlari, javob o'yinlari 3 va 4 may kunlari bo'lib o'tadi. Qur'a jarayonida "Inter" klubi sobiq yarim himoyachisi Deyan Stankovich ishtirok etdi. 

Yarim final juftliklari
26 aprel

Manchester Siti - Real

27 aprel
Atletiko - Bavariya

Bugun, 28 may kuni Milan shahridagi San-Siro stadionida bo'lib o'tadigan final uchrashuvida qaysi juftlik g'olibi nominal mezbon bo'lishi ham aniqlanadi. Qur'aga ko'ra birinchi juftlik (Manchester Siti - Real) g'olibi finalda nominal mezbon bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia