YCHL pley-offida qatnashayotgan "Real Sosedad" o'zining eng yomon seriyasini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2024, 17:59
"Real Sosedad" o'z maydonida qatorasiga 6 uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayapti.

E'tiborlisi, UEFA Chempionlar Ligasida pley-offga chiqishni uddalaganiga qaramay, "Real Sosedad" omadsiz seriyani boshdan o'tkazyapti.  

Jumladan, 6 uchrshuvlik oraliqda "Red Bull Zalcburg", "Betis", va "Rayo Valekano" klublari bilan 0:0 hisobini qayd etgan bo'lsa, "Alaves" bilan durangda hisob 1:1 ko'rinshini oldi va "Osasuna" (0:1) hamda "Vilyarreal"ga (1:3) imkoniyat boy berildi.

Shu tariqa, jamoa Imanol Alguasil qo'l ostidagi eng yomon natijasini takrorladi (2020/21-yilgi mavsum).

Keyingi uchrashuvini "Real Sosedad" La Liga 27-turi doirasida 2 mart kuni safarda "Sevilya"ga qarshi o'tkazadi.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia