YCHL. Pike ilk bor qizil oldi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017, 01:04
YCHL 3-turida "Barselona" o'z uyida "Olimpiakos" bilan o'ynadi.

Bahsning 42-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Jerar Pike ikkinchi marta sariq kartochka olib muddatdan avval maydonni tark etdi. Pike o'z faoliyatida ilk bor Yevropa chempionlar ligasida qizil kartochka oldi. Bugun u musobaqada o'zining 92-uchrashuvini o'tkazdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe