YCHL. Gollar tashkil etishda Neymar, zarbalar bo'yicha Ronaldu yetakchi

InStat ma'lumotlariga kshhra PSJ hujumchisi Neymar joriy yilgi Yevropa chempionlari ligasi turnirida golli hujumlar tashkil etishda peshqadamlik qilmoqda.

Braziliyalik futbolchi hozirgacha to'rtta gol urib, ikki bor golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, besh bor aynan Neymar boshlagan hujumdan keyin “PSJ” gol urishga erishgan.
Bu borada keyingi pog'onalarni “Spartak” hujumchisi Kvinsi Promes, “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu hamda “Tottenhem” to'purari Harri Keyn egallab turishibdi.

YCHL 4 ta turi yakunlariga ko'ra, darvozalarga zarba berish borasida Ronaldu peshqadam – 26 (90 daqiqada o'rtacha 6,2 ta zarba). Ushbu ko'rsatkichlar borasida ikkinchi pog'onani “Barselona” yetakchisi Lionel Messi band etgan (34- 8,1).



Manba: InStat