YCHL. 4-turning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022, 19:21
UEFA rasmiy saytida YCHLning yakuniga etgan navbatdagi turining eng yaxshi futbochisini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.

Ushbu sahifada 4 ta nomzod nomi keltirilgan. 

Katta tanqidlar ostida qolib ketayotgan "Liverpul"ning "Reynjers"ga qarshi mehmondagi o'yinda yirik 7:1 hisobida g'alaba qozonishiga ulkan hissa qo'shib, 2 gol va 1 assist qayd etgan Roberto Firmino, "Makkabi" Xayfaning kutilmaganda “Yuventus”ni taslim etishida barcha 2 golni raqib darvozasiga yo'llagan Omer Acili, "Tottenxem"ning "Ayntraxt" Frankfurtga qarshi kechgan dramatik o'yinda 2 ta gol urib, to'p etkazishda 80 foiz aniqlik ko'rsatgan Son Xyon Min va "Bryugge"ning "Atletiko" bilan bahsida darvozasi daxlsizligini munosib himoya qilgan darvozabon Simon Minole nomzodlar qatoridadir.

Qadrli fubolsevarlar, siz ham ushbu havola orqali o'zingiz loyiq, deb hisoblagan futbolchiga ovoz berishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com