

Unga ko'ra quyidagi jamoalar YCHLning 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurgan: Atletiko, Barselona, Real (hammasi - Ispaniya), Bavariya, Borussiya, Shalke (hammasi - Germaniya), Manchester Siti, Manchester Yunayted, Liverpul, Tottenxem (hammasi - Angliya), Roma, Yuventus (hammasi - Italiya), Ayaks (Niderlandiya), Portu (Portugaliya), PSJ (Fransiya).
Bugun F guruhida so'nggi yo'llanmasi sohibi ma'lum bo'ladi. Unda Lion va Shaxtyor 1/8 finalga chiqish uchun kurash olib boradi.



