Duglas Santos: "Neymar buyuk va iqtidorli"

"Zenit" himoyachisi Duglas Santos PSJ hujumchisi Neymar haqida fikr bildirdi.

"Neymar ajoyib inson, u bilan bitta jamoada o'ynaganimdan baxtiyorman. U shubhasiz buyuk va juda iqtidorli. Ko'plab odamlarning Neymar singari futbolchi to'g'risidagi fikrlari har doim o'zgarib turadi. Shuning uchun, barcha janjallar Neymarning rivojlanishi va yanada yaxshiroq bo'lishiga turtki bo'ladi", - deydi Duglas Santos.


 



Manba: fc-zenit.ru