Drogba JCHning favorit termasini aytdi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2018
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Dide Drogba JCH-2018 sovrinini qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan termani aytdi.

"Rossiya o'z maydonida o'ynamoqda. Ular haqiqatdan ham samarali o'yin ko'rsatishmoqda. Misr termasiga qarshi uchrashuvda esa ular mahorat namoyish eta olishdi. O'yin ajoyib o'tdi.

Belgiyani JCHning favorit termasi deb bilaman. Ular JCHni yutishlari mumkin. Bu terma safida Lukaku, De Bryuyne, Azar kabi futbolchilar to'p tepishadi. Menga bu termadagi futbolchilar yoqadi. Shu boisdan ularga muxlislik qilaman", - dedi Drogba.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru