"Shalke-04" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Volfsburg" sharafini himoya qilayotgan Yulian Draksler gelzenkirxen klubiga qaytishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, "bo'rilar" Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 25 mln. evro olishadi. "Volfsburg" Draksler xaridi uchun 36 mln. evro sarflagan edi. Ma'lum bo'lishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda.