"Kristal Pelas" Drakslerni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023, 13:03
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchiga "Kristal Pelas" da'vogarlik qilmoqda. Oldinroq parijliklar futbolchini sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Draksler o'tgan mavsum "Benfika"da o'ynadi. U 18 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi, jarohat tufayli mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira