Dostonbek Tursunovning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi

Mirjalol Normatov
22 noya 2021, 23:13
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Dostonbek Tursunov Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik payti jarohat olgandi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi uni davolash uchun Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etgani haqida xabar berilgandi.

Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimda “Villa Stuart” klinikasida professor Mariani tomonidan operaciya qilindi. Ma'lum bo'lishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va ayni paytda himoyachimiz o'zini yaxshi his qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz