Dostonbek Toshmatov: “Oliy liga jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rib o'taman”

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 11:27
Ertaga O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra 32-tur doirasidagi “Zomin”-“Orol” uchrashuvi bo'lib o'tadi, uchrashuvdanoldin mezmonlar hujumchisidan o'yin haqida fikri bilan qiziqdik.

-   “Orol” jamoasi qarshi qanday tayyorgarlik ko'rayapsizlar?
-   Raqibimizga qarshi “Xorazm”ga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak shunday davom ettirayapmiz. Maqsad raqibimizni mag'lub etib, muxlislarimizni hursand qilishdir. Chunki biz muxlislar uchun maydonga tushamiz.

-   Oxirgi ikki turdan beri raqiblar darvozasini ishg'ol qilmoqdasiz. Nima deb o'ylaysiz “Orol” jamoasiga ham gol ura olasizmi?
-   Hujumchini maydonga tushishdan asosiy maqsadi – raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, jamoa g'alabasini taminlash. Shunday ekan, har safar maydonga tushganimda gol urub jamoaning g'alabasini taminlashga xarakat qilaman. “Orol”ga ham gol urush niyatim bor.

-   Siz bir necha yillardan buyon “Zomin” jamoasining asosiy tarkib hujumchisi hisoblanasiz. O'tkan yilgi mavsumda 20 tadan oshiq gol urgansiz. Mavsum so'ngiga qadar o'tkan yilgi natijani takrorlay olasizmi?
-   Xa o'tkan yilgi musobaqada 20 tadan oshiq gol urgandim. Bu yilgi mavsumda ham agar murabbiylar menga asosiy tarkibda o'ynash uchun imkon berishsa, o'tkan yil natijadan ham yaxshiroq natija qilishga harakat qilaman.

-   Sir bo'lmasa hozirgacha necha marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildingiz?
-   Bu hozircha sir bo'la qolsin. Lekin musobaqa so'ngiga qadar hammasini bilib olasiz. Chunki oldinda yana 7 ta tur o'yinlari bor.

-   Nima deb o'ylaysiz, keyingi yilgi Oliy ligaga Birinchi ligadan qaysi jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi?
-   “Dinamo” jamoasi. Chunki bu jamoa hozirgi kundagi Birinchi liganing eng kuchli jamoasidir.   

-   Keyingi yilgi mavsumda, Oliy liga jamoasidan taklif tushsa, boshqa jamoaga o'tish niyat bormi?
-   Xa albatta. Agar Oliy liga jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rib o'taman.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia