Doston Hamdamov: “Bizga omad yetishmadi deb o'ylayman”

Tolibjon Qosimov
4 mar 2015, 12:34
Kecha OCHL doirasidan o'rin olgan 2-turning “Bunyodkor” - “Persopolis” (0:1) uchrashuvidan so'ng “qaldirg'ochlar” a'zosi Doston Hamdamov o'yin haqida qisqacha fikrlarini bildirib o'tdi.
- Uchrashuv yaxshi kechdi. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Biroz omad yetishmadi. Lekin ko'rsatgan o'yinimiz ishqibozlarga yoqdi deb o'ylayman. “Persopolis” klubi haqida fikrim ijobiy. Har bir raqibni hurmat qilgan xolda, jiddiy qarash kerak. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilamiz - deydi Hamdamov.

Islombek Rustambekov yozib oldi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia