Dortmundning "Borussiya" klubi angliyalik o'yinchini xarid qilishga yaqin

Alisher
4 mar 2020, 15:54
"Birmingem"ning markaziy himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

16 yoshli futbolchi Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishga yaqin.

Ayni damda klublar futbolchining transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda. Bitim 30 million funt sterling (34,5 million evro atrofida)ga imzolanishi mumkin.

Judga bundan avval "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgan edi.

Bellingem joriy mavsum Chempionshipda "Birmingem" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild