Donnarummaning oilasi unga "Milan"da qolishni maslahat bermoqda

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017, 16:10
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma uzoq muddatga jamoada qolishi mumkin.

18 yoshli futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi va Donnarumma shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Futbolchining agenti Mino Rayola navbatdagi muzokaralarni o'tkazish uchun rossonerlar rahbariyati bilan uchrashishi kerak. Donnarumma oilasi posbonga "Milan"da qolishni maslahat bermoqda.

Rossonerlar sport direktori Massimiliano Mirabelli Donnarumma bilan muzokaralar yaxshi davom etayotganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky