Donnarumma PSJda baxtli emas, Lotin Amerikasi futbolchilari Navasni qo'llab-quvvatlamoqda

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 19:36
Darvozabon Janluiji Donnarumma PSJdagi ahvolidan norozi.

Manbaning yozishicha, italiyalik posbon Keylor Navas bilan keskin raqobatni kutgan, ammo zaxirada shuncha o'yin o'tkazishini o'ylamagan.

Hatto uning agenti Mino Rayolani ham vaziyat hayron qoldirmoqda, u mavsum boshlanishidan oldin Donnarumma PSJ asosiy tarkibida o'ynaydi, deb ishonch bilan aytgandi.

Qayd etilishicha, parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Janluijini boshlang'ich tarkibga kiritishi qiyin, chunki Lotin Amerikasi futbolchilari Navasni qo'llab-quvvatlamoqda. Bular safiga Lionel Messi, Neymar, Anxel Di Mariya, Markinos va Leandro Paredes kabi futbolchilar kiradi.

Donnarumma bilan shartnoma tuzish qarorini shaxsan PSJ sport direktori Leonardo qabul qilgandi, u bu imkoniyatni qo'ldan boy berishni istamagan. 

Jiji mavsum boshidan buyon Liga 1'da o'tkazilgan to'qqiz o'yinning atigi ikkitasida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera