

Yangi shartnomada futbolchini xarid qilmoqchi bo'lgan jamoa 70 mln. evro to'lashi belgilab qo'yiladi.
Donnarummaning agenti Mino Rayo bu bandda narx 50 mln. evro bo'lishini istagan edi, klub esa 100 mln. evro belgilamoqchi bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Donnarumma shartnoma uzaytirish uchun akasi Antonio Donnarumma "Milan"ga o'tishi talabini qo'ygan. Katta Donnarumma Italiya klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurdi.


