Donnarumma 14-soniyada o'tkazilgan gol haqida: "Hali qo'lqopimni kiyishga ulgurmagandim"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2024, 11:46
Janluiji Donnarumma Fransiyaga qarshi Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvining 14-soniyasida o'tkazib yuborgan goli haqida gapirdi.

"Jamoa sardori sifatida o'yindan oldingi tadbirlarda ishtirok etib, joyimga qaytdim. Tayyor emasdim va hali qo'lqopimni kiyishga ulgurmagandim.

To'p bizda edi va undan to'g'ri foydalanmadik, bahs boshlashdan avval kichik tanaffus qilish kerak deb o'ylayman" - dedi Donnarumma.

Eslatib o'tamiz, Fransiya hamda Italiya o'rtasidagi bahs 1:3 hisobida italiyaliklar g'alabasi bilan yakun topdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia