Dinamoning 2017 yildagi Eng yaxshi futbolchisi aniqlandi!

Narzulla Saydullayev
20 dek 2017, 17:05
2017 yilgi mavsumdan so'ng, o'tgan bir oy davomida Dinamo klubi rasmiy saytida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilib, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Klub rasmiy saytida Sizningcha, Dinamo jamoasining 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi kim? so'rovnomasida eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi – Jasur Azimov bo'ldi. Butun mavsum davomida gohida himoyachi, gohida esa yarimhimoyachi sifatida faol to'p surgan samarqandlik 23 yoshli futbolchi jami ovozlarning 34 % foizi (121 ta)ga ega bo'ldi. Qayd etish joiz, Jasur mavsum davomida 25 o'yinda ishtirok etib, Nasaf va Neftchi darvozasiga gol urgandi.

Ushbu nominaciyada Jasur Azimovga Adnan Oraxovac raqobatchi bo'ldi. Chernogoriyalik himoyachi bu borada 22,7 % (80 ta ovoz) bilan 2-o'rinni oldi. Ikkinchi davrada Dinamo safiga kelib qo'shilgan legioner Neftchi va Lokomotiv darvozasini ishg'ol etib, muhim ochkolarni keltirdi.

So'rovnomada 3-o'rindan Radu Rogak joy oldi. Moldovalik 21 yoshli himoyachi o'zidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Unga 15,9 foiz (56 ta) ovoz berilgan. Aynan Raduning yagona goli evaziga Dinamo safarda Paxtakorni mag'lub etgan edi.

Shuningdek, so'rovnomada Amirjon Safarov 33 (9.4%), Akmal Bozorov 24 (6.8%), Abdumalik Abdullaev 24 (6.8%), Sardor Sulaymonov 10 (2.8%), Mixail Naumov 4 (1.1%)larga ovoz berildi.

Eslatib o'tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so'rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan Dinamoning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko'rilgan:


Dinamoning yil futbolchisi nominaciyasi g'oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.



Dinamo klubi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz